@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Uchinchi media-to‘xtash joyi — Farg‘ona

 2019-07-24 16:24:00   |     Просмотров: 2837

Farg‘ona shahri "O‘zbekiston jurnalistikasi etikasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish" loyihasi doirasida jurnalistlar uchun zonaviy treninglarning uchinchi to‘xtash joyiga aylandi. Bu yerda Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlaridan 20 dan ortiq media sohasining vakillari yig‘ildi.

Ma'lumot uchun: "O‘zbekiston jurnalistikasi etikasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish" loyihasi "Yuksalish" umummilliy harakati tomonidan Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Loyihaning maqsadi – O‘zbekistonning viloyatlaridagi amaldagi islohotlarni obyektiv yoritish uchun milliy ommaviy axborot vositalari vakillarining kasbiy etika va tahliliy jurnalistika sohasidagi salohiyatini oshirishdir. Bu maqsad "Harakatlar strategiyasi"ga muvofiq, 2017-2021 yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘g‘ri yoritishda jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi.

Media sohasi mutaxassislarining fikricha, keng miqyosdagi transformatsiyalar davrida davlat va jamiyatni isloh qilish jarayonlarini kasbiy darajada yoritish juda muhimdir. So‘nggi yillarda shunday materiallar soni ortgan bo‘lsa-da, hali ham ular yetarli darajada emas. Bu vazifani hal qilishga to‘sqinlik qilayotgan omillar orasida xodimlarning malakali bo‘lmasligi, ayniqsa, mintaqalarda, ommaviy axborot vositalari vakillariga davlat organlari bilan yetarlicha yordamning bo‘lmasligi, odatdagi stereotiplar va o‘z-o‘zini senzura qilish mavjud. Jamiyatda sifatli jurnalistikaga talab ortmoqda.

Treninglar, jurnalistlar, blogerlar va davlat organlari matbuot xizmatlari xodimlariga mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or amaliyotlar yordamida tahliliy materiallar yozishni o‘rgatishga qaratilgan.

Farg‘onadagi trening davomida ishtirokchilar tahliliy jurnalistikaning nazariy va amaliy jihatlarini, tahliliy materiallarni tayyorlashda ochiq va yopiq manbalar bilan ishlash usullarini, ularni vizualizatsiya qilishni, "fake" xabarlar va ma'lumotlarni tekshirishni, shuningdek, zamonaviy jurnalistikaning dolzarb muammolarini ko‘rib chiqdilar. Treningning bir sessiyasi O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan milliy va xorijiy ekspertlar, jumladan, YUNESKO ishtirokida ishlab chiqilgan Jurnalistlar kasbiy etika kodeksi loyihasini muhokama qilishga bag‘ishlandi. OAV vakillari va blogerlar o‘zlarining kundalik faoliyatlari va mintaqaviy xususiyatlarini inobatga olib fikr-mulohazalarini, aniq taklif va tavsiyalarini bildirishdi.

Ishtirokchilarning fikricha, interaktivlik, amaliy mashqlar va kichik guruhlarda ishlash o‘quv materialini yaxshi o‘zlashtirishga yordam berdi. Trenerlar — Buxoro davlat universiteti tilshunoslik fakulteti dotsenti Beruniy Alimov, jurnalist va bloger Qobil Xidirovning taklif etgan ochiq muloqot formati media maktabi vakillari uchun yangi professional jihatlarni ochishga imkon berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi zonaviy treninglar Samarqand va Qarshida bo‘lib o‘tgan edi. Ular samarqandlik, Navoiylik, Jizzaxlik, Qashqadaryolik, Surxondaryolik va Buxorolik 50 ga yaqin jurnalist va media sohasidagi vakillarni birlashtirdi.

"Yuksalish" harakati matbuot xizmati.