@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

"Yuksalish" harakati Qoraqalpoq davlat universitetidagi Yuridik klinikani ta’mirlash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi!

 2026-09-25 10:12:00   |     Просмотров: 398

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va milliy hamkor — "Yuksalish" harakati tomonidan birgalikda amalga oshirilayotgan "O‘zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasi doirasida Yuriik klinika xonasini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar hamda yetkazib beruvchilar taklif etiladi.
Maqsad:
Qoraqalpoq davlat universiteti binosida joylashgan Yuridik klinika xonasini ta’mirlash va qayta tiklash.
Ishtirok etish shartlari:
Ushbu xizmatlarni ko‘rsatish istagida bo‘lgan pudrat va qurilish-ta’mirlash tashkilotlari texnik talablarga javob beradigan tijorat takliflarini taqdim etishlari so‘raladi.
Tijorat takliflarini yuborish uchun e-mail: info@yuksalish.org va lutfiddinov@yuksalish.org
Qo‘shimcha ma’lumot va texnik topshiriq uchun: Yuqoridagi elektron pochta manzillari orqali bog‘lanishingiz mumkin.
O‘z tijorat takliflaringizni belgilangan tartibda 2026-yil 28-sentyabrga qadar yuborishingizni so‘raymiz!