“Yuksalish” harakati yangi jamoa a’zosini qidirmoqda!
Jamoatchilik bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, Harakat faoliyatini ommaviy axborot vositalari va raqamli platformalarda keng yoritish maqsadida Matbuot xizmati rahbari lavozimiga nomzodlarni taklif etamiz.
Asosiy vazifalar:
· “Yuksalish” harakati faoliyati, loyihalari va tashabbuslarini OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish;
· Yangiliklar, press-relizlar, axborot va tahliliy materiallar, ijtimoiy tarmoq postlari hamda boshqa media kontentlarni tayyorlash;
· Jurnalistlar va OAV vakillari bilan doimiy hamkorlik qilish, media so‘rovlarini muvofiqlashtirish;
· Matbuot anjumanlari, brifinglar, intervyular, tadbirlar va boshqa media tadbirlarini tashkil etishda ishtirok etish;
· Ijtimoiy tarmoqlar va OAVdagi “Yuksalish” harakati haqidagi axborotlarni monitoring qilish hamda media faollikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Talablar:
· Oliy ma’lumot (jurnalistika, PR, kommunikatsiya, filologiya yoki ijtimoiy fanlar yo‘nalishida afzal);
· Matbuot xizmati, jurnalistika, PR yoki media sohasida kamida 1–3 yillik ish tajribasi;
· O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish (ingliz tilini bilish — katta ustunlik);
· Yangilik va axborot materiallarini tezkor, savodli va tushunarli tarzda tayyorlash ko‘nikmasi;
· OAV va jurnalistlar bilan samarali muloqot o‘rnatish, muzokara olib borish va jamoatchilik bilan ishlash qobiliyati;
· Ijtimoiy tarmoqlar va zamonaviy media formatlarini yaxshi tushunish;
· Tashabbuskorlik, mas’uliyat, kreativ fikrlash va jamoada ishlash qobiliyati.
Biz nimalarni taklif qilamiz:
· Professional rivojlanish va media sohasida keng ko‘lamli tajriba orttirish imkoniyati;
· Turli davlat va jamoat tashkilotlari, OAV hamda ekspertlar bilan professional aloqalar o‘rnatish imkoniyati;
· Raqobatbardosh oylik maosh va qulay ofis sharoiti.
Qanday murojaat qilish mumkin?
Batafsil ma’lumot: yuksalish.org
Rezyumeingizni info@yuksalish.org electron pochta manziliga yoki https://t.me/yuksalish_matbuot_xizmati Telegram manziliga yuborishingiz mumkin.