@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi o‘z ishini boshladi

 2026-05-12 16:46:54   |     Просмотров: 1301

Mazkur nufuzli xalqaro forum korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni almashish, preventiv mexanizmlarni muhokama qilish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Forum doirasida institutsional ochiqlik va hisobdorlik, hududiy darajada korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaga qarshi ta’lim hamda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishga bag‘ishlangan sessiyalar tashkil etilgan.

Unda 10 dan ortiq davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari vakillari, shuningdek, yirik xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etmoqda. Forum doirasida “Yuksalish” harakati raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi Bobur Bekmurodov “Davlat organlarining institutsional shaffofligi va hisobdorligi orqali jamoatchilik ishonchini mustahkamlash” mavzusidagi sessiyada ishtirok etdi.

Mazkur sessiyada davlat boshqaruvida ochiqlik va hisobdorlik tamoyillarini kuchaytirish, jamoatchilik nazoratining samarali mexanizmlarini rivojlantirish, fuqarolarning davlat institutlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda korrupsiyaning oldini olishda institutsional yondashuvlarning roli yuzasidan fikr almashildi.

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish nafaqat huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish, balki davlat boshqaruvida ochiqlik madaniyatini shakllantirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va jamoatchilik ishtirokini kengaytirishni ham talab etadi. Shu ma’noda, VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy va xalqaro sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtirishga xizmat qiluvchi muhim muloqot maydoni sifatida ahamiyat kasb etmoqda.

“Yuksalish” harakati fuqarolik jamiyati instituti sifatida davlat boshqaruvida ochiqlik, hisobdorlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda bu yo‘nalishda konstruktiv muloqotni rivojlantirishda faol ishtirok etishda davom etadi.

“Yuksalish” harakati matbuot xizmati