“Biz — donormiz!” aksiyasi davom etmoqda
“Yuksalish” harakati shu yilning 15-maydan 10-iyun sanasiga qadar respublika bo‘ylab navbatdagi “Biz — donormiz!” xayriya aksiyasini o‘tkazadi.
Aksiya doirasida mamlakatimizning barcha hududlarida qon topshirish tadbirlari tashkil etilib, fuqarolar donorlik orqali inson hayotini saqlab qolishdek ezgu tashabbusga hissa qo‘shishlari mumkin bo‘ladi.
O‘tgan yili aksiya doirasida butun mamlakat bo‘ylab mingdan ortiq fuqarolar ishtirok etib, jami 387,2 litr donorlik qoni to‘plangan edi. Bu safar ham yurtdoshlarimizni ezgu tashabbusda faol qatnashishga chorlaymiz.
Ma’lumki, donorlik qoni murakkab operatsiyalarni boshdan kechirayotgan bemorlar, og‘ir jarohat olganlar, onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan insonlar hamda qon quyishga muhtoj bo‘lgan minglab bemorlar hayotini saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega.
Aksiya davomida yig‘ilgan qon zaxiralari tibbiyot muassasalarining ehtiyojmand bemorlarga tezkor va samarali yordam ko‘rsatish imkoniyatini oshiradi. Shu bilan birga, ushbu tashabbus jamiyatda o‘zaro yordam, mehr-oqibat va ijtimoiy mas’uliyat madaniyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Aksiyada 18 yoshdan oshgan, tibbiy qarshi ko‘rsatmalarga ega bo‘lmagan barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. Har bir donor qon topshirishdan avval majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Respublika bo‘ylab qon topshirish manzillari va sanalari bilan quyidagi jadval orqali tanishing:
| № | Hudud | Sana | Vaqt | O‘tkazilish joyi, manzil (lokatsiya) |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Toshkent shahar | 15 may | 09-30 | “Yo‘lqurilish” Xaritada ko‘rish |
| 2 | Jizzax viloyati | 22 may | 09:00 | Jizzax viloyat qon quyish markazi Xaritada ko‘rish |
| 3 | Andijon viloyati | 22 may | 09:30 | Andijon viloyati Qon quyish markazi (kelishuv asosida) Xaritada ko‘rish |
| 4 | Sirdaryo viloyati | 20 may | 09-30 | Sirdaryo viloyati Qon quyish markazi Xaritada ko‘rish |
| 5 | Namangan viloyati | 22 may | 09-30 | Namangan viloyati Qon quyish markazi Xaritada ko‘rish |
| 6 | Samarqand viloyati | 22 may | 10:00 | Samarqand viloyati qon quysh markazi Xaritada ko‘rish |
| 7 | Farg‘ona viloyati | 20 may | 10:00 | Farg‘ona viloyati Qon quyish markazi (kelishuv asosida). Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi |
| 8 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 21 may | 10:00 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi qon quyish stansiyasi Xaritada ko‘rish |
| 9 | Navoiy viloyati | 15 may 20 may |
09:00 09:00 |
Navoiy shahridagi 20022 harbiy qism. Navoiy viloyati qon quyish stansiyasi binosi Xaritada ko‘rish |
| 10 | Toshkent viloyati | 20 may | 10:00 | Toshkent viloyat qon quyish markazi Xaritada ko‘rish |
| 11 | Qashqadaryo viloyati | 19 may | 10:00 | Qashqadaryo viloyati qon xizmati markazi binosi. Shahar va tuman tibbiyot birlashmalari binosi Xaritada ko‘rish |
| 12 | Surxondaryo viloyati | 20 may | 09:00 | Surxondaryo viloyati qon xizmati markazi Xaritada ko‘rish |
| 13 | Buxoro viloyati | 19 may 20 may |
09:30 09:30 |
Buxoro viloyat Qon quyish stansiyasi, Harbiy qismlarda Xaritada ko‘rish |
| 14 | Xorazm viloyati | 21-22 may | 09:00 | Xorazm viloyati qon xizmati markazi binosi Xaritada ko‘rish |
| 15 | Toshkent shahri | 5-iyun | 10:00 |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi binosi |
| 16 | Toshkent shahri | 10-iyun | 09:30 |
Yunon madaniyat markazi binosi |
“Biz — donormiz” — bu shunchaki aksiya emas.
Bu — insonlar hayotiga yangicha mazmun olib kiruvchi, jamiyat a’zolarini yaxshilik atrofida birlashtiruvchi harakatdir.
“Biz — donormiz” aksiyasiga qo‘shiling va kimningdir hayotiga umid hadya eting.