DAVLAT ORGANLARI VEB-SAYTLARIDA JAMOATCHILIK KENGASHLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGI MONITORING NATIJALARI BO‘YICHA MA’LUMOTNOMA
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari misolida)
“Yuksalish” harakati O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari huzuridagi ayrim jamoatchilik kengashlari faoliyatining ochiqligini monitoring qildi.
Asos: 2018-yil 4-iyuldagi “Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3837-son qarori
Qarorga muvofiq:
- Jamoatchilik kengashi faoliyatiga oid ochiq ma’lumotlar davlat organining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va har chorakda yangilab borilishi kerak.
- Jamoatchilik kengashining tasdiqlangan a’zolari, ularning aloqa ma’lumotlari (telefon raqamlari, pochta va elektron manzillari) hamda ulardagi har qanday o‘zgarishlar tasdiqlangan kundan boshlab 5 kun ichida davlat organining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi shart.
Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari (JK) faoliyatining samaradorligini baholash maqsadida “Yuksalish” harakati tanlov asosida O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari rasmiy veb-saytlarida ularning faoliyati yoritilishini monitoring qildi.
Monitoring maqsadi:
Fuqarolar va fuqarolik jamiyati uchun ma’lumotlarning ochiqligi va dolzarbligini aniqlash.
Qamrov davri: 2024-yil avgust – 2025-yil oktabr
Tahlil sanasi: 2025-yil 7-oktabr holatiga ko‘ra
Baholash mezonlari:
Monitoring shaffoflik va ochiqlik tamoyillariga asoslangan bir nechta asosiy mezonlar bo‘yicha olib borildi:
- Asosiy ma’lumotlarning mavjudligi: nizom, tarkib, aloqa ma’lumotlari;
- Asosiy hujjatlarning e’lon qilinishi: reja, yig‘ilish bayonnomalari, hisobotlar;
- Tadbirlarning foto va video materiallari mavjudligi;
- JK faoliyati haqida OAVda e’lonlar mavjudligi;
- Ma’lumotlarning muntazam yangilanib borilishi.
Tuzilgan metodologiyaga ko‘ra, jamoatchilik kengashlari faoliyati to‘g‘risidagi ochiqlik va jamoatchilikni xabardor qilish ma’lumotlari tashkilot veb-saytida muntazam ravishda (chorakda bir marta) yangilanib turilishi kerak.
Monitoring doimiy asosda (masalan, yil davomida avgust–sentabr oylarida) o‘tkazilishi mumkin va samaradorlik quyidagi qo‘shimcha mezonlar asosida baholanadi:
|
Mezon |
Tavsif |
Ball |
|
1-mezon |
Asosiy ma’lumotlarning mavjudligi va to‘liqligi (tarkibi, aloqa ma’lumotlari, jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi nizom). |
1 ball |
|
2-mezon |
Ma’lumotlarning muntazam yangilanib borilishi (yangiliklar, e’lonlar). |
1 ball |
|
3-mezon |
Asosiy hujjatlarning e’lon qilinishi (rejalar, yig‘ilish bayonnomalari, hisobotlar). |
1 ball |
|
4-mezon |
Jamoatchilik kengashlari faoliyatiga oid foto va video materiallarning mavjudligi. |
1 ball |
|
5-mezon |
OAVda (ommaviy axborot vositalarida) jamoatchilik kengashlari faoliyati haqida e’lonlar. |
1 ball |
Belgilangan mezonlar asosida 20 ta vazirlikning rasmiy veb-saytlari jamoatchilik kengashlari faoliyati haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi nuqtayi nazaridan o‘rganildi.
Monitoring nimani ko‘rsatdi?
Tahlil natijalariga ko‘ra, vazirliklar uch guruhga ajratildi.
Yuqori darajadagi shaffoflik:
Bu toifaga jamoatchilik kengashi faoliyati haqida ma’lumotlar to‘liq hajmda joylashtirilgan va muntazam yangilanib boriladigan veb-saytlar kiritildi.
Yuqori ball to‘plagan vazirliklar soni — 12 ta, shundan 4 ta vazirlik eng yuqori “5” ball oldi. Ular:
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;
- Raqamli texnologiyalar vazirligi;
- Ichki ishlar vazirligi;
- Transport vazirligi.




“4” ball olgan vazirliklar:
- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
- Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
- Sport vazirligi.
O‘rta yoki qisman shaffoflik:
Quyidagi 11 ta vazirlikning veb-saytlarida jamoatchilik kengashlari faoliyati to‘liq yoritilmagan:
- Adliya vazirligi;
- Energetika vazirligi;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
- Konchilik ishlari va geologiya vazirligi;
- Madaniyat vazirligi
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
- Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi;
- Suv xo‘jaligi vazirligi;
- Tashqi ishlar vazirligi.
Past darajadagi shaffoflik:
Jamoatchilik kengashlari faoliyati haqida ma’lumot umuman mavjud bo‘lmagan yoki juda cheklangan, yangilanmagan 2 ta vazirlik veb-sayti aniqlangan:
- Sog‘liqni saqlash vazirligi;
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.
Davlat organlari, xususan vazirliklar huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatiga oid ma’lumotlar 2025-yil 9-oktabr holatiga ko‘ra skrinshotlar orqali qayd etilgan.
Masalan:
- Sog‘liqni saqlash vazirligi veb-saytida jamoatchilik kengashi faoliyatiga oid ma’lumotlar 2024-yil mart oyidan beri yangilanmagan.
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi veb-saytida jamoatchilik kengashi a’zolari haqidagi ma’lumotlar yangilangan, biroq 2025-yilgi faoliyat haqidagi ma’lumotlar mavjud emas.


Хulosalar:
O‘tkazilgan monitoring jamoatchilik kеngashlari faoliyati samaradorligini va ularning ochiqlik darajasini oshirishga qaratilgan tavsiyalar tayyorlash uchun asos bo‘ladi. Biz ishonamizki, faqat ochiq va shaffof faoliyat orqaligina jamoatchilik kеngashlari o‘z funksiyasini amalga oshirib, davlat va jamiyat o‘rtasida konstruktiv muloqotga hissa qo‘shishi mumkin.
Muhim jihat shundaki, ayrim holatlarda jamoatchilik kеngashi faoliyati haqida ma’lumotning yo‘qligi nafaqat uni joylashtirish talablariga rioya etilmagani, balki kеngashning o‘zi amalda faoliyat yuritmayotganini ham ko‘rsatishi mumkin. Bu holatni joriy yil yakunida o‘tkaziladigan monitoring natijalari orqali yanada aniqroq ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Amaldagi mе’yoriy hujjatlarga ko‘ra, rasmiy saytlardagi ma’lumot kamida har uch oyda bir marta yangilanishi kеrak. Shu bois, bunday monitoringni yiliga bir marta emas, balki kamida har chorakda o‘tkazish zarur — bu o‘zgarishlarni o‘z vaqtida kuzatish va muntazam fikr almashishni ta’minlaydi.