@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

"Yuksalish" harakati saytiga davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlariga oid ma’lumot joylashtirildi

 2025-04-15 18:11:07   |     Просмотров: 3025

"Yuksalish" harakati 2024-yil 26-avgustdagi "Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 124-sonli Prezident farmoniga muvofiq davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlarini tashkil etish bo'yicha monitoring o'tkazdi.

Monitoring davomida bir qator xatoliklar aniqlangan.

Jumladan:

– Ba'zi davlat idoralarida jamoatchilik kengashlari raislari fuqarolik jamiyati vakillari emas, davlat organlari xodimlari orasidan tanlangan.

– Ayrim davlat idoralarida jamoatchilik kengashlarini qayta tashkil etish jarayoni tugallanmagan.

Ma’lumotlarni qayta tashkil etish va taqdim etish natijalariga ko‘ra, 39 ta davlat organida jamoatchilik kengashlari talablarga mos keladi. Quyidagi havola orqali jamoatchilik kengashlari raislari va ularning kontakt ma'lumotlari bilan tanishishingiz mumkin: https://yuksalish.org/uz/jamoatchilik

Ma'lumotlar tegishli tartibda yangilanib boradi. Agar siz jamoatchilik kengashi vakili bo'lsangiz, yangilangan ma'lumotlarni (ism, familiya, otasining ismi, lavozim va kontant ma'lumotlari) quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: jamoatchilikkengashi@yuksalish.org