@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Navoiy viloyatida jamoatchilik monitoringi o'tkazildi

 2025-03-12 18:21:16   |     Просмотров: 1629

Navoiy viloyatidagi davlat maktabgacha ta’lim va maktab tashkilotlarida monitoring o‘tkazildi.

Maqsad – maktabgacha ta’lim (bog‘cha) va maktab ta’limi tashkilotlarida o‘quvchilarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda sanitariya-gigiyena holatini monitoring qilish, shuningdek, "O‘zbekiston-2030" strategiyasida bu borada belgilangan vazifalar ijrosini monitoring qilishdan iborat.

"Yuksalish" harakati hamda Konrad Adenauer jamg‘armasi mas’ullari ishtirokidagi monitoring Karmana, Navbahor, Konimex va Nurota tumanlarida o‘tkazildi.

Suv ta’minoti holati:

Bugungi kunda viloyatda 368 ta maktab mavjud bo‘lib, shundan:

  • 197 tasi markazlashgan ichimlik suviga ega;
  • 134 tasi muqobil ichimlik suv manbalariga ulangan;
  • 37 ta maktabga ichimlik suvi tashib yetkaziladi.

Pandemiya davridan keyin qilingan ishlar

2020-yilda koronavirus pandemiyasidan so‘ng o‘quvchilar va pedagoglarning gigiyena qoidalariga rioya qilishiga sharoit yaratish maqsadida, viloyat hokimligi mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 3 mlrd so‘m evaziga qo‘l yuvish uskunalari barcha maktablarga yetkazib berilgan. Hozirda ulardan to‘liq foydalanilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PF-37-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Navoiy viloyati "Suv oqova ta’minoti" DUK tomonidan ta’lim muassasalarida to‘liq xatlov o‘tkazilgan. Natijada 11 ta maktabni (Konimex, Tomdi, Qiziltepa tumanlarida) suv bilan ta’minlash choralari ko‘rilgan.

Bugungi kunda yangi quriladigan maktablarda gigiyena jihozlarini sinf xonasigacha kiritishga e’tibor qaratilgan.

“Yuksalish” harakati matbuot xizmati