19-fevraldan 25-fevralgacha butun mamlakat bo'ylab “Biz — donormiz!” aksiyasi o‘tkaziladi!
“Yuksalish” harakati hududiy qon quyish markazlari bilan hamkorlikda “Biz — donormiz!” respublika aksiyasi boshlanganini e'lon qiladi. Aksiya 19-fevraldan 25-fevralgacha mamlakatning 14 ta hududida o‘tkaziladi.
Donor qoni har kuni qiyin ahvolga tushgan insonlar: og‘ir jarohat olgan bemorlar, YTH jabrlanuvchilari, onkologik kasalliklar va boshqa ko‘plab tashxislar tufayli qon quyish zarur bo‘lganlar hayotini saqlab qoladi. Qon zaxiralari muntazam yangilanib turishi kerak, shunda har qanday vaziyatda yordamga muhtojlarga ko‘mak berilishi mumkin.
O‘tgan yili “Biz — donormiz!” aksiyasi doirasida butun mamlakat bo‘ylab 700 litr qon to‘plashga muvaffaq bo‘lindi. Bu – hayoti xavf ostida bo‘lgan insonlarga yordam qo‘lini cho‘zgan yuzlab ko‘ngillilar hissasi.
Kimlar donor bo‘la oladi?
Aksiyada 18 yoshga to‘lgan va tibbiy tomondan cheklovlari bo‘lmagan har qanday fuqaro ishtirok eta oladi. Qon topshirishdan oldin shifokorlar tomonidan majburiy tekshiruv o‘tkaziladi, bu esa donorlikning sog‘lig‘ingiz uchun xavfsizligini ta'minlashga yordam beradi.
Kimlarga qon topshirish mumkin emas?
Donorlik bo‘yicha nisbiy (vaziyatga qarab vaqtinchalik taqiqlar) va mutlaq (donorni doimiy ravishda donorlikdan chetlashtirish) cheklovlar mavjud. Ular bilan Respublika qon quyish markazining saytida tanishishingiz mumkin.
Qon topshirishga qanday tayyorlanish kerak?
• Qon topshirishdan bir necha kun oldin yog‘li, qovurilgan va achchiq taomlardan saqlanish tavsiya etiladi.
• Qon topshirishdan kamida 48 soat oldin spirtli ichimliklar ichmaslik kerak.
• Qon topshirish kuni yaxshi uxlash va yengil nonushta qilish muhim.
• Protsedura oldidan va keyin ikki soat davomida chekishdan saqlaning.
“Biz — donormiz!” aksiyasiga qo‘shiling va bir insonning mushkulini yengil qilishga ko‘maklashing! Agar Toshkentda bo‘lsangiz, 25-fevral kuni 9:30 dan 13:00 gacha Furqat ko‘chasi 1/1 manzilidagi NNT uyida kutib qolamiz.
Aksiyaning o‘tkazilish joylari, vaqti hamda sanalari bilan quyidagi jadval orqali tanishishingiz mumkin:
“BIZ – DONORMIZ!” AKSIYASINI
O'TKAZISH JADVALI
(2025-yil 19-25-fevral)
|
№ |
Hudud |
Sana |
Vaqt |
O'tkazilish joyi |
|
1. |
Andijon viloyati |
20-fevral |
10:00-13:00 |
Lokatsiya: Andijon viloyati qon quyish markazi |
|
2. |
Farg'ona viloyati |
19-20- fevral |
10:00-13:00 |
Lokatsiya: 19.02 Farg‘ona shahar “NNTlar uyi” binosi 20.02 https://maps.windows.com/?form=WNAMSH&collection=point.40.382591_71.809115_Point |
|
3. |
Buxoro viloyati |
19-fevral
20-fevral |
09:00-13:00
09:00-13:00 |
Lokatsiya: |
|
4. |
Xorazm viloyati |
20-fevral |
09.00-13:00 |
Lokatsiya: Xorazm viloyati qon quyish markazi https://maps.app.goo.gl/7TjcExDkck5k8ceS7
|
|
5. |
Sirdaryo viloyati |
20-fevral |
09.00-12:00 |
Lokatsiya: Sirdaryo qon quyish markazi |
|
6. |
Surxondaryo viloyati |
20-fevral |
09.00-13:00 |
Lokatsiya: Surxondaryo viloyat qon quyish stansiyasi |
|
7. |
Namangan viloyati |
20-fevral |
09:00-14:00 |
Lokatsiya: Namangan viloyati qon quyish markazi |
|
8. |
Samarqand viloyati |
20-fevral |
10.00-13:00 |
Lokatsiya: Samarqand qon quyish markazi https://maps.google.com/maps?q=39.665534,66.942072&ll=39.665534,66.942072&z=16 Samarqand viloyati Urgut tumani “Ukrach” MFY: https://maps.app.goo.gl/V27tPHyZZPpiySbj7 Samarqand viloyati Urgut tumani “Sovgon” MFY Samarqand viloyati Urgut tumani “Taroqli” MFY
|
|
9. |
Qoraqalpog'iston Respublikasi |
20-fevral |
10.00-13:00 |
Lokatsiya: |
|
10. |
Navoiy viloyati |
20-fevral
|
09.00-13:00 |
Lokatsiya: Navoiy viloyati qon quyish stansiyasi https://www.google.com/maps?q=40.094323,65.384395&ll=40.094323,65.384395&z=16 |
|
11. |
Toshkent viloyati |
20-fevral |
09.00-13:00 |
Lokatsiya: Toshkent viloyati qon quyish markazi |
|
12. |
Jizzax viloyati
|
24-fevral |
09:00-13:00 |
Lokatsiya: Jizzax viloyati qon quyish markazi |
|
13. |
Qashqadaryo viloyati |
25-fevral |
09.00-16:00 |
Lokatsiya: Qashqadaryo viloyati qon quyish markazi https://yandex.ru/maps/org/232897878425?si=kk24a4vcf4ycfnpny9jqm3b8v4 |
|
14. |
Toshkent shahar |
25-fevral |
9:30-13:00 |
Lokatsiya: NNTlar uyi. Furqat ko‘chasi 1/1 https://maps.windows.com/?form=WNAMSH&collection=point.41.312621_69.240508_Point |