@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakati yil yakunlari: Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi

 2025-01-03 08:30:00   |     Просмотров: 1110

Yil davomida Navoiy hududiy bo‘linmasi tomonidan 2000 dan ortiq odam a'zolikka qabul qilindi.

“O‘zbekiston-2030” strategiyasi bo‘yicha 15 ta jamoatchilik  muhokamasi, 20 dan ortiq monitoring, 10  dan ortiq eshituv, aholi muammolariga oid 12 ta tadqiqot va  so‘rov o‘tkazildi.

Hududiy bo‘linma tomonidan Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyalariga 4 ta masala kiritildi.

“Yuksalish” g‘oyasi asosida viloyatning 14 ta mahallasida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi moliyaviy ko‘magi bilan quyosh panelli ko‘cha chiroqlari o‘rnatish boshlandi.

9 marotaba turli aksiyalar tashkil etildi. Birgina “Biz donormiz” aksiyasida 125 litrga yaqin qon to‘planib, xasta va muhtojlarga  ulashildi.

Aksiyada Favqulodda vaziyatlar, Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Yong‘in xavfsizligi, harbiy qismlarida xizmat qilayotgan yigitlar hamda mahallalarda yashovchi ko‘ngillilar faol ishtirok etdi. 

Joriy yilning 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarni yuqori kayfiyatda o‘tkazishga hududiy bo‘linma ham faol hissa qo‘shdi. Xususan, markaziy apparat tomonidan taqdim etilgan videoroliklar  viloyatdagi LED-ekranlarda muntazam namoyish  etib borildi.

Shuningdek, siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlar ishtirokida teledebat  tashkil qilinib, Navoiy viloyati TRKda namoyish etildi.

Yashil makon umummilliy loyihasida viloyat hududiy bo‘linmasi ham faol ishtirok etib, yil davomida 300 dan ziyod manzaralari va mevali daraxtlar ekilishi ta'minlandi.

Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida Xalq deputatlari Navoiy  viloyati Kengashi raisi, Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari ishtirokida davra suhbati va muhokamalar o‘tkazildi.  Tadbirda 88 ta NNT o‘z taklif va  tashabbuslari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, haftalik doirasida  “Biz donormiz” aksiyasi o‘tkazilib, 23 litrdan ko‘proq qon to‘plandi.

Haftalik doirasida NNtlar faoliyatini yaxshilashga oid 5 ta savol, 8 ta taklif ko‘rib chiqildi.