@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Jamoatchilik tashabbusi mahalla infratuzilmasini yaxshilashga yordam berdi

 2024-12-26 16:27:43   |     Просмотров: 1871

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni doirasida “Yuksalish” harakatining fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni jamoatchilik loyihalariga aylantirish bo‘yicha taklifi ma'qullangan edi.

Bu taklif asosida, 2024-yilda Harakat tomonidan jami 61 ta jamoatchilik loyihasi amalga oshirildi.

Yorqin misollardan biri sifatida Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri “Otchopar” mahallasidagi muammoning hal etilishini ko‘rsatish mumkin. Mazkur mahalla aholisi “Yuksalish” harakatiga murojaat qilib, “Behbudiy” va “Binafsha” ko‘chalarini obodonlashtirishda amaliy yordam berish tashabbusi bilan chiqishdi.

Xususan, 2024-yil 10-12-may kunlari “Yuksalish” harakati hamda mahalla aholisi va faollari bilan birgalikda eski simyog‘ochlar o‘rniga 20 ta beton ustun o‘rnatildi, 600 metr uzunlikdagi gaz va elektr tarmog‘i quvurlari ta'mirlandi hamda 2,2 metr ichki yo‘llarga qoplama yotqizish uchun maydon tekislandi.

Bu tashabbus hudud aholisining kundalik hayotini yengillashtirishga va xavfsizlikni ta'minlashga yordam berdi.