@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Jamoatchilik tashabbuslari aholi turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda

 2024-12-25 16:36:00   |     Просмотров: 1831

Ma'lumki, “Yuksalish” harakati tomonidan aholi murojaatlari asosida shakllantirilgan dolzarb muammolar jamoatchilik loyihalari sifatida ilgari surib kelinmoqda. Natijada 2024-yilda Harakat tomonidan jami 61 ta jamoatchilik loyihasi amalga oshirildi.

Jumladan Qarshi shahrining Paxtazor tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylarga tutash yo‘lning qatnov qismida maishiy chiqindilar to‘planishi oqibatida paydo bo‘lgan noqonuniy chiqindixona aholining haqli e'tirozlarini keltirib chiqarib, ko‘plab jamoatchilik faollari noroziligiga sabab bo‘layotgan edi.

“Yuksalish” harakatining Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan ushbu muammoni yechish tashabbusi jamoatchilik loyihasi sifatida ilgari surildi.

Natijada ushbu chiqindixona atrofi maxsus devor bilan o‘ralib, tartibga keltirildi. Shu bilan birga, chiqindixonaning to‘laqonli faoliyat yuritishini ta'minlash maqsadida shahar hokimligi tomonidan 2 nafar mas'ul shaxs biriktirildi.