@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Oʻzbekistonda “Imkoniyatlarni kuchaytirish” loyihasi doirasida jamoatchilik siyosati maktabi trenerlar uchun tanlov eʼlon qilinmoqda

 2024-10-15 14:33:59   |     Просмотров: 1570

“Yuksalish” harakati Qozogʻistonning Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish assotsiatsiyasi (ARGO) bilan hamkorlikda, Yevropa Ittifoqining moliyaviy koʻmagi asosida “Imkoniyatlarni kuchaytirish” loyihasini amalga oshirmoqda.

Loyiha maqsadi: O‘zbekistonda gender siyosatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha konstruktiv muloqotni qo‘llab-quvvatlash, qarorlar qabul qilish jarayonida ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish va inklyuzivlikni oshirish.

Loyiha orqali O‘zbekiston Respublikasining 5 ta pilot hududi (Farg‘ona, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari) ayollar tomonidan boshqariladigan fuqarolik jamiyati tashkilotlari (FJT), jamoa yetakchilari va jamiyat faollarining salohiyatini mustahkamlashga ko‘maklashiladi. Bu innovatsion vositalar, ochiq muloqot va inklyuziv yondashuv orqali qarorlar qabul qilish jarayonida amalga oshiriladi.

Maqsadli auditoriya potensialini oshirish uchun loyiha doirasida Jamoatchilik siyosati maktabi tashkil etiladi.

Ishtirokchilar jamoatchilik siyosati bo‘yicha quyidagi asosiy yo‘nalishlarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar:

  • normativ-huquqiy baza bo‘yicha gender tahlili
  • davlat tuzilmalari bilan hamkorlik
  • gender masalalarini inobatga olgan holda mahalliy va milliy miqyosda harakatlar rejasini ishlab chiqish
  • gender tenglikka yo‘naltirilgan jamoat kampaniyalarini boshqarish.

 Shu maqsad va rejalarni amalga oshirish uchun nodavlat sektorni rivojlantirish sohasida treninglar va boshqa o‘quv tadbirlarini o‘tkazishda bilim, tajriba va mahoratga ega bo‘lgan trenerlar orasida tanlov e’lon qilinadi.

Trenerning majburiyatlari:

  • 3 kunlik interaktiv maktab dasturini ishlab chiqish;
  • o‘zbek va rus tillarida zarur bo‘lgan tarqatma materiallarni elektron formatda oldindan tayyorlash;
  • trener tomonidan berilgan ma’lumotlarning o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash maqsadida ishtirokchilar uchun (treningdan avval va keyin - “pre-“ va “post-“) anketalar tayyorlash,
  • o‘tkazilgan trening bo‘yicha hisobot yozish.

Trenerga qo‘yiladigan talablar:

  • nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun kamida uch yillik trenerlik tajribasi;
  • NNT sektorining o‘ziga xos xususiyatlari, davlat tuzilmalari bilan hamkorlik qilish;
  • O‘zbekiston Respublikasining gender huquqiy normalarini bilish;
  • rivojlanish va harakat rejalari, shuningdek, strategiyalarni tuzish bo‘yicha tajriba;
  • texnik topshiriq talablariga muvofiq belgilangan muddatda ishni bajarishga tayyorlik;
  • o‘zbek va rus tillarida erkin so‘zlasha olish.

Arizani quyidagi elektron manzilga yuborish talab etiladi: nigosh.saidi@gmail.com 

Ariza quyidagi izoh bilan yuborilishi kerak: “Jamoatchilik siyosati maktabi”

Ariza shaklini yuklab olish

O‘tkazilish joyi va vaqti: 2024-yil 13-15-noyabr, Toshkent.

Rezyume yuborishning oxirgi muddati: 2024-yil 18-oktabr soat 18:00 ga qadar.

Aloqa uchun telefon raqami: +99890 560-02-33 (Telegram/WhatsApp)