@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Jamoatchilik siyosati maktabi qabul eʼlon qilindi

 2024-10-10 16:36:36   |     Просмотров: 2551

“Yuksalish” harakati “АRGO” Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish assotsiatsiyasi (Qozogʼiston) bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi moliyaviy koʼmagida Jamoatchilik siyosati maktabini yoʼlga qoʼymoqda.

Maqsad – ishtirokchilarning jamoatchilik bilan aloqa siyosati sohasidagi, jumladan, siyosiy jarayonlarni tahlil qilish, strategiyalar ishlab chiqish va jamoat kompaniyalarini boshqarish sohasida malakasi va salohiyatini oshirishdan iborat.  

Oʼzbekistonning 5 ta pilot viloyatidan (Fargʼona, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari) xotin-qizlar boshqaruvidagi fuqarolik jamiyatlari, NNTlarning 30 nafardan kam boʼlmagan vakili loyihaviy gʼoyalar ishlab chiqish imkoniyatiga ega boʼladi. Ishtirokchilar quyidagi yoʼnalishlarda loyihaviy gʼoyalarni ishlab chiqishi va oʼz malakasini oshirishlari mumkin:

  • qonunchilikning gender tahlili;
  • davlat tuzilmalari bilan oʼzaro hamkorlik;
  • gender jihatlarni eʼtiborga olgan holda mahalliy va milliy harakatlar rejalarini ishlab chiqish;
  • gender yoʼnalishli jamoat kompaniyalarini boshqarish.

Formati:

Tahlil, ijtimoiy siyosat va loyiha boshqaruvi sohasidagi mahalliy va xorij ekspertlari ishtirokida uch kunlik intensiv trening.

Oʼtkazilish sanasi:

2024-yil 13-15 noyabr.

Oʼtkazilish joyi: Toshkent shahri.

Shartlar:

  1. Maktabda qatnashish uchun ariza formasini toʼldirish va joʼnatish lozim.
  2. “Yuksalish” harakati tomonidan oʼtkazilgan trening va seminarlarda avval ishtirok etmagan qatnashchilarga ustuvorlik beriladi;
  3. Bitta NNT dan 1 ariza qabul qilinadi (agar ariza, filiallari va boshqa boʼlinmalarga ega boʼlgan NNT dan berilayotgan boʼlsa, u holda bitta vakil tanlab olinadi);
  4. Oʼz viloyatidan 4 kunga chiqish imkoniyati.

Xarajatlar: yashash, ovqatlanish, yoʼl bilan bogʼliq boʼlgan barcha harajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.  

Arizani yuklab olish

Аrizani “Jamoatchilik siyosati ishtirokchisi” degan izoh bilan quyidagi elektron manzilga joʼnatish mumkin: shohruhxaqqulov@gmail.com.

Аriza berish muddati: 2024-yil 17-oktabr 18:00 gacha.