Deputatlikka nomzodlar haqida nimalarni bilamiz?
20-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko'rsatilgan nomzodlar ro'yxatga olindi.
"Yuksalish" harakati tomonidan siyosiy partiyalar ilgari surgan nomzodlarning mutaxassisligi tahlil qilindi.
Parlament deputatligiga nomzodlarning 9,1 foizini shifokorlar, 20,2 foizini iqtisodchilar tashkil qilmoqda.

Parlament deputatligiga nomzodlar orasida eng yosh vakil 25 yoshda. Mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlar orasida eng yosh vakil esa — 21 yoshda.

Parlament deputatligiga jami nomzodlarning 44,7 foizini, mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlarning 42,5 foizini ayollar tashkil etmoqda.

Siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilgan nomzodlar orasida milliy ozchilik vakillari, jumladan tojiklar, qozoqlar, turkmanlar, qirg'izlar, ruslar va boshqa millatlar vakillari bor. Ularning jami soni 1915 tani tashkil etmoqda.
