@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Iqlim o‘zgarishi masalalari Surxondaryo viloyatida muhokama qilindi

 2024-07-31 09:27:47   |     Просмотров: 1981

Surxondaryo viloyatida “Iqlim o‘zgarishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va qaror qabul qilish jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini oshirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

23-26 iyul kunlari Surxondaryo viloyatida fuqarolik jamiyatini institutlari, davlat idoralari hamda jamoatchilik tashkilotlari mutaxassislari hamda yoshlar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Iqlim o‘zgarishi hozirgi vaqtda insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan biridir. Global isish, cho‘llanish, iqlim zonalarini o‘zgarishi ekotizimga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan iqlim o‘zgarishining oqibatlaridan faqat bir nechtasidir. Iqlim o‘zgarishi sanoatlashtirish, qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanish va o‘rmonlarni kesish kabi inson faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Iqlim o‘zgarishi sabablarini hal qilish va unga moslashish choralarini ko‘rish kelajak avlodlar uchun atrof-muhit barqarorligini ta’minlash  muhim vazifadir.

“Yuksalish” harakati Latviya mahalliy boshqaruv organlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va moslashish bo‘yicha barqaror siyosatni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirmoqda.

Loyiha maqsadi – mahalliy davlat hokimiyati organlari salohiyatini kuchaytirish, iqlim o‘zgarishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari bo‘yicha jamoatchilikni xabardor qilish va ularni qarorlar qabul qilish jarayonlariga jalb etish.

Trening davomida iqlimshunoslik va iqlim o‘zgarishi asoslari, barqaror kelajakka moslashish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish kabi mavzular ko‘rib chiqildi. Iqlim o‘zgarishiga oid qonun hujjatlari tahlili o‘tkazildi. Ishtirokchilar advokatlik strategiyasi va viloyatdagi iqlim o‘zgarishi ta’sirining ssenariylarini ishlab chiqdilar.

mintaqadagi iqlim o‘zgarishi ta’sirining rejalash kabi ssenariylari ishlab chiqildi.

Bundan tashqari loyiha doirasida qo‘yidagi ishlar amalga oshirildi.

- maqsadli hududlarda ekologik muammolar, mahalliy iqlim o‘zgarishi va uning xavfini baholash maqsadida ekspertlik monitoringi o‘tkazildi. Natijalar asosida maqsadli hududlar uchun iqlim o‘zgarishiga moslashish rejalari ishlab chiqilmoqda

- Latviya va O‘zbekiston ekspertlari hamkorligida “Iqlim o‘zgarishiga moslashish va mahalliy rejalarni amalda qo‘llash uchun uslubiy tavsiyalar” qo‘llanmasi o‘zbek va rus tillarida ishlab chiqildi.

Loyiha Latviya Respublikasining tashqi ishlar vazirligining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.

«Yuksalish» harakati matbuot xizmati