@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Loyiha koordinatori lavozimiga vakansiya mavjud: #YoshXabardor: Yoshlar korrupsiyaga qarshi.

 2024-07-10 11:29:14   |     Просмотров: 1358

O‘zbekistonda davlat organlarining korrupsiyaga qarshi sa’y-harakatlarida yoshlar ishtirokini kuchaytirish, ularning korrupsiyaga qarshi xavfsiz va konstruktiv tarzda kurashish bo‘yicha yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lishida amaliy ko‘mak ko‘rsatish. Shuningdek, yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini yoritib beradigan resurslar va platformalarni ko’paytirish maqsadida, “Yuksalish” harakati, "Search for Common Ground" xalqaro notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali va Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi hamkorlikda  #Yoshxabardor: “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” loyihasini amalga oshirmoqda.

Loyiha 18 oy mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan loyiha koordinatori lavozimiga ichki va tashqi tanlov e’lon qilinmoqda.

loyiha koordinatori tomonidan loyiha menejeri rahbarligida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  1. Tadbirlarni ishlab chiqish va rejalashtirish:
  • Tasdiqlangan loyiha ish rejasiga muvofiq yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatiga jalb etishga qaratilgan dastur va loyihalarni yaratish va amalga oshirish;
  • Yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati va uning oldini olish yo‘llarini tushunishga yordam beradigan o‘quv va axborot materiallarini ishlab chiqish.
  1. Loyihani muvofiqlashtirish va boshqarish:
  • Tadbirlar, seminarlar, treninglar va boshqa faolliklar tashkil etish va o'tkazish.
  • Loyiha hujjatlarini yuritish va hisobot berish.
  1. Ishtirokchilar va hamkorlar bilan o'zaro munosabatlar:
  • Ijtimoiy tarmoqlar, axborot kampaniyalari va boshqa kanallar orqali yoshlarni loyihaga jalb qilish.
  • Dasturlar va tadbirlarni yaxshilash maqsadida loyiha ishtirokchilarini fikr-mulohazalar umumlashtirish.
  1. Samaradorlik monitoringi va baholash:
  • Loyihaning olib borilishi va uning natijalari to'g'risida ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish.
  • Amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini baholash va chora-tadbirlar rejasiga tuzatishlar kiritish.
  • Donorlar va manfaatdor tomonlar uchun hisobotlar va taqdimotlar tayyorlash.
  1. Yoshlarni rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlash:
  • Yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashda faol ishtirok etishga undaydigan motivatsion dasturlar va tashabbuslarni yaratish.
  • Yosh faollar va tashabbuskor guruhlarga maslahat va yordam berish.
  1. Muloqot va ommaviy chiqishlar:
  • Loyihani yuzasidan konferentsiyalar, forumlar va boshqa ommaviy tadbirlarda taqdimotlar o’tkazish.
  • Loyiha faoliyatini yoritish va korruptsiya muammosiga e'tiborni jalb qilish uchun ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro hamkorlik.

Nomzodga talablar:

Yoshi:

- 25-40 yosh

Ta'lim:

- Oliy. (ijtimoiy fanlar, huquq va xalqaro munosabatlar yo’nalishlari afzalroq).

Ish tajribasi:

- Loyiha boshqaruvida kamida 3 yillik tajriba (korruptsiyaga qarshi faoliyat, yoshlar dasturlari yoki fuqarolik jamiyati sohasida ish tajribasi ustunlik bo'ladi).

-Xalqaro tashkilotlar va donorlar bilan hamkorlik.

Tillarni bilishi:

- O‘zbek va rus tillarida erkin so‘zlashish.

- Ingliz tilini o'rta (Intermediate) dan past bo'lmagan darajada bilish.

Maxsus ko'nikmalar:

- Yuqori tashkiliy va tadbirlarni rejalashtirish hamda amalga oshirish qobiliyati;

- Etakchilik qobiliyatlari. Rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlash qobiliyati;

- jamoada samarali ishlash va turli manfaatdor tomonlar bilan muloqot qilish yuritish (muzokaralar qobiliyati);

- Yuqori kommunikatsion qobiliyatlar (samarali og'zaki va yozma muloqot);

- mas`uliyatlik;

- Stressga bardoshlik.

Mutaxassis mahorati:

- tadqiqot olib borish, xalqaro standartlar bo‘yicha hisobotlar yozish, ochiq manbalar, statistik ma’lumotlar bilan ishlash, huquqiy va institutsional bazani tahlil qilish, so‘rov natijalari, ekspert xulosalari va tavsiyalarini ishlab chiqish.

AKT bilimlari:

- Internet, google vositalari, WORD, EXCEL-ning ishonchli foydalanuvchisi. (infografika yaratish ko'nikmalari ustunlik bo'ladi).

Qiziqish bildirgan nomzodlardan o‘z rezyumelarini info@yumh.uz elektron manziliga “#YoshXabardor” loyihasi koordinatori: Yoshlar korrupsiyaga qarshi” sarlavhasi bilan yuborishlari so‘raladi .

Rezyumeni topshirishning oxirgi muddati:20 iyul 2024 yil.

Loyihaning batafsil tavsifini yuklab oling