@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Loyihada ishlash uchun mahalliy ekspert tanlovi e’lon qilinadi

 2024-05-01 16:59:25   |     Просмотров: 1885

“Yuksalish” harakati “#Yoshstan: yoshlar yo‘nalishidagi fuqarolik jamiyati tashkilotlarining imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida Andijon davlat universiteti qoshida tashkil etilgan “Yuridik klinika” faoliyatini targ‘ib qilish, manfaatdor tomonlar orasida inklyuziv muloqotlarni o‘tkazish hamda aholining huquqiy bilimlarida mavjud kamchiliklarni aniqlash maqsadida jamoatchilik muloqotlari va so‘rovnomalar o‘tkazish uchun quyidagi lavozimga tanlov e’lon qiladi:

• Mahalliy ekspert

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va vazifalar haqida batafsil texnik topshiriqda tanishish mumkin.

Mahalliy ekspertlar uchun texnik topshiriq

Loyiha maqsadi – mahalliy yoshlarning O‘zbekistonda yoshlar masalalariga oid huquqiy ma’lumotlar va axborotlar olish imkoniyatini kengaytirish, mamlakatimizda xalq bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘rnatishga qaratilgan islohotlarning muhim yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada mustahkamlash.

O‘tkazilish joyi: Andijon viloyatining Andijon shahri, Asaka va Izboskan tumanlari.

O‘tkazish vaqti: 2024-yil, may-iyun

Rezyumeni info@yumh.uz elektron manziliga 2024-yil 20-may kunidan kechiktirmay ma’lumotlarni texnik topshiriqda ko‘rsatilgan yo‘riqnomaga muvofiq to‘ldirilgan holda yuborishingizni so‘raymiz.