@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

#Yoshxabardor: “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” loyihasi tanlov e’lon qiladi

 2024-02-20 15:16:15   |     Просмотров: 2276

Zamon chaqiriqlariga munosib javob berishga, jamiyatdagi illatlarga birgalikda qarshi kurashishga tayyormisiz? Sizda, aynan sog'liqni saqlash, ta'lim va bandlik sohalarida tizimni shaffof qilishga hissa qo'shish, faol yoshlar jamoasining bir qismi bo'lish imkoniyati bor.

O‘zbekiston hukumatining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida “Yuksalish” harakati, "Search for Common Ground" xalqaro notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali va Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi hamkorlikda #Yoshxabardor: “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” loyihasini boshladi.

Loyiha maqsadi – O‘zbekistonda davlat organlarining korrupsiyaga qarshi sa’y-harakatlarida yoshlar ishtirokini kuchaytirish, yoshlarning korrupsiyani oldini olish va xabardor qilish tushunchalarini mustahkamlashda, ularning korrupsiyaga qarshi xavfsiz va konstruktiv tarzda kurashish bo‘yicha yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lishida amaliy ko‘mak ko‘rsatish. Shuningdek, yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini yoritib beradigan resurslar va platformalarni ko’paytirish.

Loyiha 18 oy mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida amalga oshiriladi.

Loyihada ishtirok etish uchun 16 dan 29 yoshgacha bo‘lgan nomzodlar suhbatdan o‘tkaziladi va faol yoshlar klasterlarini shakllantirish uchun saralab olinadi.

Yoshlar klasterlari uchun korrupsiyaga qarshi xavfsiz va konstruktiv kurashishga munosib hissa qo‘shishiga imkon beruvchi amaliy ko‘nikma va nazariy bilimlar berishga qaratilgan treninglar o‘tkaziladi.

Treninglar quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo'ladi:

  1. Korrupsiyaning ta'rifi va mohiyatini, shuningdek, O'zbekistonda, xususan, ta'lim, sog'liqni saqlash, bandlik sohalarida korrupsiyaning hozirgi holatini tushunish;
  2. Ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan sessiyalar, shu jumladan tizimdagi korrupsiyani aniqlash usullari va tegishli davlat organlari tomonidan o’rganib chiqiladigan amaliy tadqiqotlarni ishlab chiqish bosqichlari. Ushbu komponent, shuningdek, manfaatlarni himoya qilish jarayonlarida  ziddiyatli va genderga taalluqli jihatlar, jumladan samarali rivojlanish, hamkorlik va davlat idoralari bilan muloqotni o'z ichiga olgan manfaatlarni ilgari surishda umumiy asosiy yondashuvni o'z ichiga oladi;
  3. Yoshlar klasterlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z dasturlarini ishlab chiqish, maqsadlarni belgilash, harakatlar rejasini ishlab chiqish, shaxsiy xavfsizlikka zarar yetkazmagan holda muayyan ishni tekshirish va amaliy tadqiqotlar o’tkazishdagi asosiy baholovchi  ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish.

Treninglarni muvaffaqiyatli yakunlagan va sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik sohalarida mahalliy korrupsiyani aniqlash bo‘yicha o‘z tashabbuslarini ilgari surgan faol yoshlar guruhlarining har biriga 3 000 AQSh dollaridan 5 ta kichik grant taqdim etiladi.

Bundan tashqari, har bir hududda individual murabbiylik va soha bo‘yicha seminarlar o‘tkazish orqali Korrupsiyaga qarshi yoshlar tarmog‘i tuzishga ko’maklashiladi.

Nomzodlar:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax yoki Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi 16 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lishi;
  • Turli sohalarda o’qiyotgan/ishlayotgan va barcha ijtimoiy guruhlarga mansub bo’lishi mumkin. Nogironligi bo’lgan shaxslar, mehnat muhojirlarining farzandlari, tahlilchi va blogerlardan faol bo'lish so'raladi;
  • Kasbiy o'sish va ijtimoiy tashabbuslarda faol ishtirok etish hamda jamiyat rivojiga hissa qo'shish istagi kuchli bo'lishi kerak.

Ushbu anketani to'ldiring va safimizda bo’ling!

Anketalar 2024-yil 15 martga qadar qabul qilinadi.

Darvoqe, treninglar xarajatlari tashkilotchilar tomonidan to‘liq qoplanadi.

Savollar yoki qoʻshimcha maʼlumotlar uchun Telegram-bot orqali biz bilan bogʻlaning.