@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakati Telegram tarmog‘i orqali doimiy ravishda jamoatchilik fikri so‘rovlari o‘tkazib boradi

 2019-06-04 17:37:00   |     Просмотров: 4294

“Yuksalish” harakati fuqarolar, biznes hamjamiyati, xorijdagi vatandoshlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining fikrlar va takliflarini o‘rganish maqsadida Telegram tarmog‘ida “Jamoatchilik fikri” kanalini ishga turishdi. Ushbu kanal orqali O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi o‘zgarishlar, shuningdek keng jamoatchilikning qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘layotgan dolzarb masalalar yuzasidan jamoatchilik fikri so‘rovlari o‘tkazib boriladi.

So‘rov natijalari “Yuksalish” umummiliy harakati vakillari tomonidan o‘rganiladi hamda soha mutaxassislarining fikrini inobatga olgan holda Parlament, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga tahliliy axborot va takliflar kiritiladi. Fikrimizcha, shu yo‘l orqali aholidan ko‘proq takliflar olish, ularni ko‘proq qiynayotgan muammolarni aniqlash va pirovardida O‘zbekiston rivojiga xizmat qiluvchi yangi taklif va tashabbuslar ishlab chiqishga erishamiz.

Shu bois, “Yuksalish” umummilliy harakati barcha fuqarolar, davlat idoralari, xalqaro va nodavlat tashkilotlar, OAV vakillari, ayniqsa blogerlarni ushbu maqsadlarga erishishda ko‘maklashishga chorlaydi. Takliflar, so‘rovnoma mavzulari hamda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan masalalar “Yuksalish” umummilliy harakatining Telegram boti - @yuksalishuzb_bot orqali qabul qilinadi.