@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Davlat dasturlarining ijrosi yuzasidan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkaziladigan jamoatchilik nazorati tadbirlari haqida

 2019-05-17 12:45:34   |     Просмотров: 3276

Joriy yilning 21-may kuni “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan Sirdaryo viloyatida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, NNTlar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida qator tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan, amalga oshirilayotgan islohotlarni fuqarolarga yetkazish, ularning fikr va takliflarini o‘rganish, shuningdek Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan jamoatchilik monitoringi tadbirlarini o‘tkazish maqsadida tumanlarga tashrif buyurdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya dasturiga asosan, Toshkent-Dushanbe yo‘nalishidagi M-34 avtomobil yo‘lining 117-m km temir yo‘l va avtomobil yo‘li ustidagi yo‘l o‘tkazgich rekonstruksiya ishlarining borishi bilan tanishildi. Ob’ekt 2019-yilning sentabr oyiga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 300 m uzunlikdagi bir qismida kirish-chiqish yo‘llari va transport yechimi ob’ektlarini qurishga ushbu hududdda reja bo‘yicha buzilishi lozim bo‘lgan turar va noturar joylarning bir qismi buzilmaganligi sababli loyihaning to‘liq amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Xususan, hozirda mazkur ob’ekt qurilishi lozim bo‘lgan hududda 9 ta turar va noturar joy ob’ektlari mavjud bo‘lib, ularning buzilishi evaziga to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlarining 95 foizi “Buyurtmachi” — “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish Direksiyasi” DUK tomonidan Guliston shahar hokimligining maxsus hisob raqamiga 2019 yilning mart oyida o‘tkazib berilganiga qaramay, mahalliy hokimlik tomonidan qurilish ob’ekti maydonini bo‘shatish uchun tegishli choralar ko‘rilmaganligi, mazkur ob’ektning dasturda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Shuningdek, tadbirlar davomida Xovos tumanidan o‘tuvchi xalqaro va davlat ahamiyatiga molik A376 “Qo‘qon-Jizzax” avtomobil yo‘lidagi qo‘prik rekonstruksiya ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi. Ob’ekt qurilishi o‘z vaqtida va xech qanday muammolarsiz olib borilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Ishchi guruh tomonidan viloyatda yuqoridagi Davlat dasturiga asosan rekonstruksiya qilinayotgan Yangiyer shahridagi 300 o‘ringa mo‘ljallangan 6-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari ko‘zdan kechirildi. Mazkur ob’ektda “Yagiyer Red Gold” MChJ tomonidan olib borilayotgan loyiha smeta hujjatlariga asosan qurilish ta’mirlash ishlarining 50 foizi o‘z vaqtida amalga oshirilgan bo‘lib, bajarilgan 1760.0 mln. so‘mlik qurilish ta’mirlash ishlari yuzasidan tegishli hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan. “Yagiyer red Gold” MChJ tomonidan tegishli mablag‘larni o‘tkazib berish uchun Maktabgacha ta’lim boshqarmasiga taqdim etilgan bo‘lsada, mazkur mablag‘larni o‘tkazish kechiktirilayotganligi, buning natijasida quruvchilarning ish haqlarini o‘z vaqtida berilmaganligi sababli bundan keyingi qurilish ishlarining sustlashishiga olib kelishi ma’lum bo‘ldi. 

Bundan tashqari, Sayxunobod tumani Do‘stlik MFYda joylashgan 160 o‘ringa mo‘ljallangan yangi MTM 2018 yilda qurib bitkazilganiga qaramay, shu kunga qadar foydalanishga topshirilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Jamoatchilik monitoringi davomida muassasa kerakli mebel va jihozlar bilan ta’minlanmaganligi aniqlandi. 

Bundan tashqari, fuqarolarning farzandlarini MTM joylashtirishga ehtiyoji katta bo‘lsada, Mirzaobod tumani Haqiqat mahallasi, Oqoltin tumani Andijon mahallasi, Shirin shahar Nurobod mahallalarida 160 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasalari 2018 yil Davlat dasturi doirasida qurib bitkazilib, mebel va jihozlar bilan ta’minlash uchun mablag‘lar ajratilmaganligi sababli viloyatda 4 ta maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirilmayotganligi ma’lum bo‘ldi.

"Yuksalish" umummilliy harakati matbuot xizmati