@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakatining Sirdaryo viloyati bo‘linmasi rahbari jamoatchilikka tanishtirildi

 2019-05-22 10:20:27   |     Просмотров: 4619

21 may kuni “Yuksalish” harakati tomonidan Sirdaryo viloyati hokimligi binosida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, NNTlar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev ishtirok etib, hududda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Jumladan, belgilangan vazifalarning ijrosini o‘z vaqtida va samarali tashkil etilishida jamoat tashkilotlarining o‘rni muhimligi ta’kidlandi. Bunda yangi tashkil etilgan va viloyatda o‘z faoliyatini boshlayotgan “Yuksalish” harakati fuqarolar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining sa’y-harakatlarini birlashtirishga umid bildirildi.

Shuningdek, tadbirda “Yuksalish” harakatining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Sarvarbek Sultonov keng jamoatchilikka tanishtirildi. 

Davra suhbati davomida “Yuksalish” umummilliy harakatining maqsad va vazifalari, asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida taqdimot o‘tkazildi. Harakatga a’zo bo‘lish, loyihalarda qatnashish, taqdim etiladigan imkoniyatlar hamda qator tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Jumladan, tadbir qatnashchilariga “Yuksalish” umummilliy harakati va qator xalqaro va mahalliy tashkilotlar tomonidan NNTlariga qaratilgan grant tanlovlari, unda ishtirok etish shartlari tushuntirildi.

“Yuksalish” harakati matbuot xizmati