Osiyo sivilizatsiyalari o‘rtasidagi muloqot: madaniy almashinuv, tarixiy merosni o‘rganish, turizm va yoshlar
Avval xabar berganimizdek, “Yuksalish” umummilliy harakati vakillari Pekin shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyalariga bag‘ishlangan birinchi anjumanda ishtirok etmoqdalar.
15 may kuni anjumanning tantanali ochilish marosimida tabrik so‘zi bilan XXR Raisi Si Szinpin ishtirok etdi. Xitoy rahbari Osiyo davlatlari sivilizatsiyalarning zamonaviy dunyodagi roli va hissasi, Osiyo mamlakatlarining umumiy tarixi va madaniyatlarini o‘rganishning ahamiyati, shuningdek, Osiyo va insoniyat uchun yagona kelajak qurishda madaniy asosni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi. Si Szinpinning so‘zlariga ko‘ra, Osiyo xalqlari o‘tgan ming yillar davomida juda katta madaniy meros to‘play olishgan. Qadim zamonlardan buyon ular o‘zaro muloqot qilib kelganlar. Insoniyatning bebaho madaniy merosi misollaridan biri Samarqand shahri - sivilizatsiyalarning tarixiy chorrahasi hisoblanadi.
Tadbirning yuqori martabali mehmonlari qatori, shuningdek, Kambodja, Gretsiya, Singapur, Shri-Lanka va Armaniston yetakchilari, xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, YuNESKO rahbarlari ishtirok etdi.
Bir vaqtning o‘zida boshlangan oltita forumlar doirasida jahonning 47 mamlakati va hududlaridan tashrif buyurgan 1500dan ortiq ekspertlar, shu jumladan davlat rahbarlari, vazirlik va idoralar, akademik doiralar va tahlil markazlari, jamoat va xalqaro tashkilotlar yetakchilari ishtirok etdi. Tadbir davomida Osiyo madaniyatlari o‘rtasidagi madaniy muloqotning dolzarb masalalari hamda kelajagi umumiy hamjamiyat qurish, shuningdek taraqqiyotning asosiy omili sifatida xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
“Yuksalish” umummilliy harakati vakillari forum doirasida Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining Global strategiya milliy instituti tomonidan tashkil etilgan sessiyasida ishtirok etdilar. Tadbir 130dan ortiq yetakchi tahlil markazlari, davlat idoralari vakillari hamda madaniyat arboblarini bir joyga to‘pladi.
Sessiyada “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burxanov so‘zga chiqib, Osiyo davlatlarining umumiy hududi yer maydonining 30 foizini, unda yoshayotgan aholi esa dunyo aholisining 60 foizini tashkil etishini ta’kidlab o‘tdi. Qit’a global iqtisodiy o‘sishning yangi harakatlantiruvchi vositasi bo‘ldi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda jahon yalpi ichki mahsulotining uchdan bir qismidan ko‘prog‘i Osiyo mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Biroq, qit’a mamlakatlari bugungi kunda jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklar, barqarorlik va xavfsizlik sohasidagi muammolarga duch kelmoqda.
Shu munosabat bilan, mintaqalararo muloqotni rivojlantirish, mintaqa xalqlari birligiga ko‘maklashish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, Osiyoda uzoq muddatli tinchlik va farovonlikka erishish, shu jumladan, madaniy, tarixiy xilma-xillik va mamlakatlar merosini o‘rganish va targ‘ib qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, tarixda nafaqat savdo funksiyasini, balki ilm-fan, texnika va san’at yutuqlari bo‘yicha doimiy ravishda bilim va g‘oyalar almashinishiga hissasini qo‘shgan umumiy merosimiz bo‘lmish Buyuk Ipak yo‘lidir.
Turizm madaniyatlararo muloqot va tarixiy almashinuvni samarali yo‘lga qo‘yishda muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda sayyohlik, jumladan, ichki turizm iqtisodiyotning istiqbolli sohalaridan biri sanaladi. O‘tgan ikki yil davomida 50dan ortiq mamlakatlar uchun 30 kunlik vizasiz rejim tadbiq etildi, elektron viza tizimi,yangivizalar turlari - talabalar, tibbiyot, vatandoshlarva boshqalarturdagi yangiliklar joriy etildi. Etnik, ekologik va ziyorat turizmlari rivojlanmoqda.
Munozaralar davomida umumiy taqdirga ega insoniyatning shakllanishi va rivojlanishida tahlil markazlari yanada faol ishtirok etishlari, umumiy maqsadlarga erishishda intellektual jihatdan qo‘llab-quvvatlashlari kerakligi ta’kidlandi. Mintaqadagi aql markazlari hamkorlikda tadqiqotlar, treninglar va muntazam muloqotlar o‘tkazishlari, yanada yaqinroq aloqalarni o‘rnatishlari zarurligi ta’kidlandi.
Osiyo sivilizatsiyalari orasidagi muloqotni yo‘lga qo‘yishda va ularning merosini saqlab qolishda yoshlarning o‘rni katta hisoblanadi. Qit’ada yosh avlodning siyosiy va huquqiy savodxonligini oshiruvchi, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantiruvchi, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi turli loyihalarni amalga oshiruvchi milliy, hududiy va xalqaro tashkilotlar sa’y-harakatlarini birlashtirish muhim hisoblanadi. Osiyo sivilizatsiyalarining madaniy va tarixiy merosi haqida yoshlarni keng xabardor qilish umumiy kelajakka ega bo‘lgan jamiyatni qurishga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz,joriy yilning 15–22 may kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida Osiyo mamlakatlari bilan muloqotga bag‘ishlangan birinchi anjuman bo‘lib o‘tmoqda. Asosiy mavzu — “Osiyo sivilizatsiyasi va kelajagi umumiy hamjamiyat barpo etish”. Anjuman doirasida 110dan ortiq turli tadbirlar, shu jumladan forumlar, davra suhbatlari, ikki va ko‘p tomonlama muzokaralar o‘tkaziladi. Eng yorqin tadbirlar sifatida 30 mingga yaqin mehmonlar ishtirokida bo‘lib o‘tadigan Osiyo madaniyati karnavali, Osiyo sivilizatsiyasi haftaligi hamda gastronomik festivallarni aytish mumkin.
“Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati