@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakati va Koreya qonunchilik ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

 2019-04-24 16:29:28   |     Просмотров: 3738

Bugun “Yuksalish” harakatida Koreya qonunchilik ilmiy-tadqiqot instituti prezidenti boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar hamkorlik istiqbollari, qonun ijodkorligi sohasida qo‘shma loyihalar va tadqiqotlar o‘tkazish, mutaxassislar malakasini oshirish hamda ilg‘or xorij tajribasini O‘zbekistonda joriy etish kabi masalalarni muhokama qildilar.
Tomonlar yuqorida keltirib o‘tilgan deyarli barcha yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirib o‘tdilar. Muzokaralar yakunida “Yuksalish” harakati va Koreya qonunchilik ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ma’lumot uchun Koreya qonunchilik ilmiy-tadqiqot instituti — hukumat tomonidan moliyalashtirilib, Koreya Respublikasi qonunchiligiga ixtisoslashgan yagona davlat ilmiy tadqiqot instituti hisoblanadi. Institut 1990-yil iyul oyida milliy qonunchilik normalarini ishlab chiqishda va qonunchilik madaniyatini yaratishda yordam berish maqsadida tashkil etilgan.
"Yuksalish"  harakati matubot xizmati