@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakatida mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

 2019-04-24 13:24:18   |     Просмотров: 3909

2019-yilning 23-aprel kuni “Yuksalish” harakatida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ishtirokida maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan faol islohotlar jarayoniga NNTlarni keng jalb qilish, xususan yurtimizning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilashda fuqarolik jamiyati institutlari salohiyatidan unumli foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir “Yuksalish” umummilliy harakati va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan tashkil etildi. Unda 30 dan ortiq NNT vakillari ishtirok etib, soha rivojiga xizmat qiluvchi fikr va takliflarni muhokama qildilar.

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi vakillari ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirish uchun 15 yo‘nalishdagi Davlat grantlari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Tanlov g‘oliblariga 30 mln so‘mgacha bo‘lgan davlat granti ajratilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 2019-yilda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmalarini taqdim etish uchun tanlov haqida ma’lumot berildi. 

Ishtirokchilarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan “Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturi doirasida NNTlarga tashkiliy va institutsional salohiyatini oshirishlari uchun taqdim etilayotgan tanlov va imkoniyatlar taqdimoti ham o‘tkazildi. 

Jumladan, bugungi kunda 10 ta mustaqil NNTlarni pilot tarzida tanlab olish va ularni boshqaruv va strategik menejment, moliyaviy barqarorlik, tashqi aloqalar/kommunikatsiyalar, xizmatlar menejmenti va boshqarish, sifat nazorati, inson va moddiy resurslar, buxgalteriya hisobi, grantlar va moliyaviy boshqaruv kabi yo‘nalishlarda tashkiliy va institutsional salohiyatlarini oshirishlari uchun metodik va amaliy yordam berish uchun arizalar qabuli davom etmoqda.

Uchrashuv yakunida NNTlar tomonidan soha rivoji yuzasidan fikr va takliflari eshitildi. Xususan, Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan taqdim etilayotgan grant mablag‘lari miqdorini oshirish masalasi qizg‘in muhokama qilindi.