@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturi doirasida 10 ta NNTga tashkiliy va institutsional salohiyatini oshirishlari uchun ko’mak ko’rsatiladi

 2019-04-17 11:24:18   |     Просмотров: 4390

“Yuksalish” umummilliy harakati Qozog’istonning Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish assotsiatsiyasi (ARGO) bilan hamkorlikda hamda USAID tashkilotining moliyaviy ko'magida “Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturi doirasida O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari uchun tanlov e’lon qiladi.

Saralash natijalariga ko’ra, 10 ta mustaqil NNTlar tanlab olinadi. Ushbu pilot NNTlarga quyidagi sohalarda tashkiliy va institutsional salohiyatlarini oshirishda metodik va amaliy yordam beriladi:

  • boshqaruv va strategik menejment;
  • moliyaviy barqarorlik;
  • tashqi aloqalar/kommunikatsiyalar;
  • xizmatlar menejmenti va boshqarish, sifat nazorati;
  • inson va moddiy resurslari;
  • buxgalteriya hisobi, grantlar va moliyaviy boshqaruv.

Loyihada NNTlarni tashkiliy rivojlanishlarini baholash ham nazarda tutilgan (faoliyatdagi muammolarning mavjudligi, strategic rejalar tuzish, ta’lim olish bo’yicha rejalar hamda texnik yordam ko’rsatish orqali ularni hal etish usullarini aniqlash maqsadida NNTlar yoki uning alohida tuzilmalari holati to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish). Pilot NNTlarga tashkiliy va institutsional salohiyatlarini oshirish uchun kichik grantlar ajratiladi. O'z-o'zini diagnostika qilish va tashkiliy rivojlanish bo'yicha NNTlar uchun treninglar o’tkazish rejalashtirilgan.

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin:

  • O'zbekistonda turli sohalarda (atrof muhit, yoshlar tashabbuslari, nogironligi bo’lgan shaxslar, barqaror taraqqiyot maqsadlari (BTM), mahalliy hamjamiyatlarni rivojlantirish, gender tengligi va hokazo) o'z faoliyat olib borayotgan mustaqil NNTlar;
  • Tashkiliy o’zgarishlarga tayyor, endi faoliyat boshlayotgan va yoshlarga ixtisoslashgan mustaqil NNTlari
  • Olingan bilim va ko’nikmalarni amaliyotda qo'llashga tayyor, boshqa NNTlar bilan ulashishga va keng targ’ib qilishga tayyor NNTlar;
  • Qishloq va chekka hududlarda, mahalliy kengashlar darajasida ishlaydigan hududiy NNTlar;
  • Tanlovda ishtirok etish uchun NNTlar tomonidan ariza shakli to'ldirilishi shart.

Ma’lumot uchun, ikki yilga mo'ljallangan "Innovatsiya uchun hamkorlik" dasturi uchta asosiy yo'nalishni o'z ichiga oladi:

  • davlat idoralari huzurida tashkil etilgan jamoatchilik kengashlarining faoliyatini rivojlantirishga ko'maklashish orqali fuqarolarning davlat va jamoat boshqaruvida faol ishtirokini qo'llab-quvvatlash;
  • NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini rivojlantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;
  • fuqarolik jamiyati institutlarining salohiyatini oshirish, hamkorlikni rivojlantirish va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash.

To'ldirilgan anketa shakli “Yuksalish” umummilliy harakatiga 2019-yil 28-aprelidan kechiktirmay “Nodavlat tashkilotlarning tanlovi” sarlavhasi ostida p4i@yumh.uz elektron pochta manziliga yuborilishi kerak.

Savollaringizni yuqorida ko'rsatilgan elektron pochta manziliga P4I dasturida qatnashish uchun ariza berilgandan so'ng dastlabki 5 kun ichida yozishingiz mumkin.

Saralash jarayonida ijobiy yoki salbiy qarorlar qabul qilinishidan qat'iy nazar, arizalarni ko'rib chiqish natijalari barcha ishtirokchilarga yuboriladi.

ННТларнинг ташкилий ва институтционал салоҳиятини оширишлари учун ариза шакли