"Innovatsiyalar uchun hamkorlik" dasturi doirasida davlat idoralari huzuridagi jamoatchilik kengashlari uchun tanlov e'lon qilinadi
O'zbekistonda “Yuksalish” umummilliy harakati va Qozog'istonning “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish assotsiyatsiyasi (ARGO) tomonidan USAID tashkilotining moliyaviy ko'magida amalga oshirilayotgan “Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturi ish boshladi.
Dasturning asosiy yo'nalishlaridan biri bu - O'zbekistonda jamoatchilik kengashlarini har tomonlama rivojlanishlari uchun ko'mak ko'rsatishdan iborat.
Ushbu dastur doirasida 5 ta jamoatchilik kengashlari tajriba tariqasida tanlab olinadi va ularning faoliyatlari ham metodologik ham amaliy jihatdan uzoq muddatli, rejali qo'llab-quvvatlab boriladi:
- shahar jamoatchilik kengashlari faoliyati tajribasini o'rganish uchun AQSHga o’quv-sayohat;
- jamoatchilik kengashlari a'zolarining salohiyatini oshirishga qaratilgan treninglar;
- qarorlar qabul qilish jarayoniga fuqarolarni jalb qilish vositalaridan samarali foydalanish bo'yicha treninglar;
- davlat organlari faoliyatining shaffofligini ta'minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirokini oshirish bo'yicha tavsiyalar taqdim etish;
- NNTlar uchun kichik grantlar dasturi orqali jamoatchilik kengashlari tashabbuslarini texnik qo'llab-quvvatlash;
- jamoatchilik kengashi faoliyati yutuqlarini yoritishda ko’maklashish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha boshqa amaliy chora-tadbirlar.
Bundan tashqari, loyiha barcha jamoatchilik kengashlarining faoliyatini seminarlar, o'quv qo'llanmalari hamda foydali materiallar bilan ta'minlash va boshqa ochiq tadbirlarni (davra suhbatlari, treninglar, tarjima va jamoatchilik kengashlarini samarali boshqarish bo'yicha qo'llanmalarni nashr etish) o'tkazishda hamrohlik qiladi.
5 ta jamoatchilik kengashlarini saralash jarayonida ishtirok etish uchun ariza shaklini (1-ilova) to'ldirishingiz va 2019-yilning 28-aprel kuniga qadar p4i@yumh.uz elektron manzili orqali yuborishingiz lozim. Xat nomini «Jamoatchilik kengashlari tanlov», deb ko'rsatish lozim.
Ариза шакли Юклаб олиш