@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Toshkent shahrida “Ijtimoiy innovatsiyalar laboratoriyasi” formatida fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

 2019-08-13 12:59:11   |     Просмотров: 4163

Joriy yilning 13-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekistonda “Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturi doirasida fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining uchrashuvi — “Ijtimoiy innovatsiyalar laboratoriyasi” bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning barcha hududlaridan hamda Markaziy Osiyo davlatlarida faoliyat yuritayotgan 80 ga yaqin soha mutaxassislari ishtirok etdi.


“Ijtimoiy innovatsiyalar laboratoriyasi”bu NNTlar o‘z faoliyati davomida qo‘llashi mumkin bo‘lgan, muhim ijtimoiy o‘zgarishlarga xizmat qiluvchi innovatsion uslublar, instrument va yondoshuvlarni o‘rganish hamda targ‘ib qiluvchi platforma hisoblanadi. Laboratoriya ishtirokchilari innovatsion loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar, ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha ilg‘or tajribalarni muhokama qiladilar hamda o‘zlarining loyihaviy g‘oyalarini amalga oshirish yuzasidan ekspertlar fikrlari bilan tanishadilar.


Ijtimoiy innovatsiyalar laboratoriyasi ochilishida «Innovatsiyalar o‘zi nima?» mavzusidagi munozarasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ishtirokchilar ikki guruhga bo‘linib, unda mentorlar tomonidan o‘z faoliyatlarida joriy etilgan innovatsiyalarni namoyish etdilar. Xususan, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistonda muvaffaqiyatli joriy etilgan ishlar taqdimoti o‘tkazildi. Kun yakunida esa guruhlar loyiha g‘oyalari taqdimotini o‘tkazib, boshqa ishtirokchilar va murabbiylar tomonidan muhokama qilindi.


Laboratoriya natijalariga ko‘ra, ishtirokchilar yangi muammolarni hal etish, aholini ijtimoiy muammolariga yechim topishga jalb qilish va zamonaviy ijtimoiy tashabbuslarni ishlab chiqish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. 


Ma’lumot uchun: “Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturi “Yuksalish” umummilliy harakati, Qozog‘istonning Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish assotsiatsiyasi (ARGO) tomonidan hamda AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (YuSAID) ko‘magida amalga oshirilib, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari, davlat idoralari va biznes hamjamiyati o‘rtasida samarali va konstruktiv hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish orqali fuqarolik jamiyatining rolini yanada oshirishga qaratilgan. Ikki yilga mo‘ljallangan dastur mamlakatda fuqarolik jamiyati rivoji va jamoatchilik boshqaruviga fuqarolarni jalb qilishda amaliy mexanizmlarni tadbiq etishga qaratilgan.