@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakati O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi

 2019-02-27 15:12:00   |     Просмотров: 3362

“Yuksalish” harakati O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi 

Amalga oshirilayotgan islohotlarni baholashning yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Prezident qarorida “Yuksalish” harakatiga ham qator vazifalar yuklatilgan. Jumladan, Harakat O‘zbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi bilan hamkorlikda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning natijalari to‘g‘risidagi axborotni, jumladan, subsidiyalar, grantlar ajratish hamda ijtimoiy buyurtmalar berish orqali xalqaro reytinglarni tuzuvchilarga yetkazish borasidagi ishlarga fuqarolik jamiyati institutlarini faol jalb etib boradi.

Bundan tashqari hujjatga muvofiq, 2019-yil 1-aprelgacha Internet tarmog‘ida “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali yaratiladi va unda xalqaro reytinglar bo‘yicha yillik hisobotlar, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning tavsiyalari yoritilib boriladi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini monitoring qilish va baholash milliy tizimi yaratiladi.
Davlat xizmatlarining sifatini yaxshilash maqsadida “davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti joriy etiladi.

2019-yil 1-aprelgacha O‘zbekistonning milliy manfaatlarini hisobga olib xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasiga asoslangan reytinglar metodologiyasi tasdiqlanadi.
O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini, shu jumladan, tadqiqot institutlarining ma’lumotlari va o‘rganish natijalarini hisobga olgan holda yaxshilash bo‘yicha har yili “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqiladi.